Daryo

Qamchiq dovonida 4-dekabrdan boshlab hafta davomida qor yog‘ishi kutilmoqda

Dovon orqali harakatlanadigan haydovchilarga barcha xavfsizlik choralarini ko‘rish tavsiya qilindi

1 daqiqa o‘qish19 516 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Daryo / Hayot Shamsutdinov

“Qamchiqavtoyo‘l” ixtisoslashtirilgan yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi haydovchilarni dovon yo‘lida noqulay ob-havo bo‘lishidan ogohlantirdi.

Foto: Daryo / Hayot Shamsutdinov

Ma’lum qilinishicha, A-373 M-39 Guliston—Bo‘ka—Angren—Qo‘qon—Andijon orqali—O‘sh avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan qismida 4-dekabrdan boshlab hafta davomida qor yog‘ishi kutilmoqda.

Ayni paytda avtotransport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda.

“Qamchiqavtoyo‘l” matbuot xizmati dovon orqali harakatlanadigan haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini, avtotransport vositalari shinalarini qishgisiga almashtirishlarini tavsiya qildi.

Mavzuga doir: Kelasi hafta boshida O‘zbekistonning aksariyat qismida qor yog‘adi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar