Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Respublika Gidrometeorologiya markazi 5—8-dekabr kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja sovuq, ba’zi joylarda 15-20 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘ladi.

Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja sovuq, ba’zi joylarda 15 daraja sovuqgacha pasayadi, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5—6-dekabrda 7-12 daraja sovuq, 7—8-dekabrda 5-10 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 12-17 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 5-dekabrda ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi, 6—8-dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 5-dekabrda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-2 daraja iliq ba’zi joylarda 3 daraja sovuqgacha, 6-dekabrda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, 7—8-dekabrda kechasi 3-8 daraja sovuq, ba’zi joylarda 10 daraja sovuqgacha, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 5-dekabrda ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi, 6—8-dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-dekabrda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 6—8-dekabrda 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 5-dekabrda ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi, 6—8-dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-dekabrda 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 6—8-dekabrda 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 5-dekabrda ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi, 6—8-dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-dekabrda 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, 6—8-dekabrda 3-8 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 5—6-dekabrda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, 7—8-dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?