Daryo

“O‘zbekiston temir yo‘llari” talabalar uchun chiptalarga 50 foizlik chegirma e’lon qildi

Chegirmalar 22-dekabrdan 10-yanvargacha amal qiladi

1 daqiqa o‘qish40 008 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

“O‘zbekiston temir yo‘llari” qishki ta’til mobaynida OTM talabalari uchun mahalliy yo‘nalishdagi qatnovlarga 50 foizlik chegirma e’lon qildi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Chegirmalar 22-dekabrdan 10-yanvargacha amal qiladi. Chiptalarni sotib olish uchun pasport va talabalik guvohnomasi bilan temiryo‘l kassalariga tashrif buyurish yoki chipta.railway.uz saytidan foydalangan holda elektron tarzda chipta xarid qilish mumkin.

Bundan avvval Uzbekistan Airways qishki ta’til oldidan talabalar uchun 50 foiz chegirma e’lon qilgandi. Aviakompaniya chegirmani 22-dekabrdan 10-yanvargacha amalga oshiriladigan mahalliy aviaqatnovlar ekonom-klass uchun taqdim etgan.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar