Daryo

Uzbekistan Airways talabalar uchun chegirma e’lon qildi

Chegirma 22-dekabrdan 10-yanvargacha bo‘lgan muddatda amal qiladi

1 daqiqa o‘qish25 400 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Uzbekistan Airways qishki ta’til oldidan talabalar uchun chegirma e’lon qiladi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ta’kidlanishicha, aviakompaniya faqat talabalar uchun 22-dekabrdan 10-yanvargacha amalga oshiriladigan mahalliy aviaqatnovlarga ekonom-klass uchun 50 foiz chegirma e’lon qildi. Buning uchun Uzbekistan Airways Sales filialiga yoki hududdagi aeroport aviakassasiga kelib, talabalik guvohnomasi, o‘qish joyidan ma’lumotnoma va pasport yoki ID-kartani taqdim etish kerak bo‘ladi.

Mavzuga doir: Uzbekistan Airways keksa yoshdagi yo‘lovchilar uchun chiptalarga 25 foiz chegirma e’lon qildi

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar