Daryo

O‘zbekiston TIV Belarus tashqi ishlar vaziri vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Vladimir Makey 26-noyabr kuni 64 yoshida vafot etgandi

1 daqiqa o‘qish18 536 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Belarus tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston TIV Belarus tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

Foto: Belarus Tashqi ishlar vazirligi

“Vladimir Vladimirovich mohir va tajribali diplomat, o‘z sohasining ustasi va Belarusning haqiqiy vatanparvar insoni edi.Uning ko‘p qirrali O‘zbekiston-Belarus munosabatlarini rivojlantirishga bo‘lgan samimiy intilishi alohida e’tiborga molik. Ayniqsa, so‘nggi yillarda u O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlashga katta hissa qo‘shdi”, — deyiladi TIV xabarida.

Belarus tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey 26-noyabr kuni vafot etgandi. 64 yoshli vazirning o‘limiga yurak xuruji sabab bo‘lgan.

U 2012-yil 22-avgustdan beri Belarus tashqi ishlar vaziri lavozimida ishlab kelayotgan edi. Vladimir Makey favqulodda va muxtor elchi diplomatik darajasiga ega bo‘lgan.

Vladimir Makey SHHT sammiti doirasida O‘zbekistonga kelgan va 14-sentabr kuni Vladimir Norov bilan uchrashgan edi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar