Daryo

Ilon Mask AQSH fuqaroligidan mahrum etilishi mumkin

Milliarder soxta diplomga egaligi va AQSHda noqonuniy yashayotgani aytilmoqda

1 daqiqa o‘qish48 450 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: CNN

Milliarder, SpaceX va Tesla asoschisi Ilon Mask hujjatlarni qalbakilashtirgani va noqonuniy yashayotgani uchun AQSh fuqaroligidan mahrum etilishi mumkin. Capitol Hunters guruhi tergovchilari tegishli hujjatni Twitter’dagi sahifasiga joyladi.

Foto: CNN

Hujjatga ko‘ra, Ilon Mask 1995-yilda Pensilvaniya universitetining fizika fakultetini tamomlamagan va uning diplomi soxta. Ma’lumki, tadbirkor 1997-yilda ushbu universitetning iqtisod yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini olgan.

“Uning fizika yoki boshqa texnik yo‘nalish bo‘yicha bakalavr darajasi yo‘q. U aspiranturaga o‘qishga kirmagan, maktabni 1995-yilda tugatgan”, — deya ta’kidlagan hujjat mualliflari.

Tergovchilarning aytishicha, milliarder Stenforddagi PhD dasturiga hujjat topshirmagan.

Ilon Maskning ta’limi haqida nima ma‘lum?

Ilon Mask Janubiy Afrikaning ma’muriy poytaxti Pretoriyada tug‘ilib o‘sgan. Bo‘lajak milliarder 17 yoshida Kanadaga ko‘chib o‘tgan va Kingstondagi Kvins universitetida tahsil olgan. U 2 yildan so‘ng AQSHning Pensilvaniya universitetida o‘qishni davom ettirgan. Capitol Hunters tergovchilari aynan shu davrga e’tibor qaratgan.

Agar tergovchilar tomonidan taqdim etilgan faktlar to‘g‘ri bo‘lsa, u holda Mask nafaqat fuqarolikdan mahrum etilishi, balki mamlakatdan chiqarib yuborilishi mumkin. Chunki AQSHda immigratsiya maqomini o‘zgartirish uchun hujjatlarni qalbakilashtirish jiddiy jinoyat hisoblanadi.

Mavzuga doir:

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar