Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati sayyoradagi eng boy odam — Ilon Maskning xatti-harakatlari milliy xavfsizlikka tahdid solish-solmasligini tekshirish masalasini muhokama qilishni boshladi. Bu haqda Bloomberg agentligi o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Ularning so‘zlariga ko‘ra, hukumat, xususan, Twitter ijtimoiy tarmog‘ini sotib olish bo‘yicha bitimni (unda Maskdan tashqari yana bir guruh chet el investorlari qatnashmoqda), shuningdek, biznesmennning Ukrainada Starlink sun’iy yo‘ldosh tarmog‘i faoliyati bo‘yicha bayonotlarini tekshirishni ko‘zda tutmoqda.

Bloomberg manbalari qayd etishicha, yaqinda Mask Ukrainaga Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqasini yetkazib berishni to‘xtatish haqida tahdid qilganidan keyin amerikalik mansabdorlar xavotirga tushgan. Shuningdek, biznesmen “prezident Vladimir Putin uchun manfaatli bo‘lgan sulh takliflari bayon etilgan ketma-ket tvitlaridan keyin, Rossiyaga nisbatan tobora do‘stona pozitsiyani” egallayotganidan tashvishga tushgan.

Bloomberg ta’kidlashicha, muhokamalar boshlang‘ich bosqichda. Amerikalik mansabdorlar va razvedka xizmatlari agar Maskning xatti-harakatlarini tekshirishga qaror qilinsa, qanday vositalardan foydalanish mumkin bo‘lishi haqida bosh qotirmoqda. Maskning bitimlari va operatsiyalarini AQSHning chet el investitsiyalari bo‘yicha qo‘mitasi tekshiradi, degan variant ko‘rib chiqilmoqda.

Ilon Mask Ukrainadagi urushga qanday munosabatda?

3-oktabr kuni Ilon Mask Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlikka erishish uchun o‘zining to‘rt bandli ssenariysini taklif qilgandi, ulardan biriga ko‘ra Qrim Rossiyaniki deb tan olinishi kerak. Kreml uning g‘oyalarini ijobiy deb baholadi, Kiyev esa tadbirkorni tanqid qildi. Mask Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini, lekin jahon urushini istamasligini aytdi. Siyosatshunos Yan Bremmerning ta’kidlashicha, Ilon Mask mojaroni hal qilish rejasini e’lon qilishdan oldin Vladimir Putin bilan gaplashgan. Kreml ham, tadbirkorning o‘zi ham buni rad etdi.

Maskning “reja”sini izohlar ekan, Ukraina sobiq elchisi Andrey Melnik unga nisbatan so‘kinish iborasini qo‘lladi va “tuyog‘ini shiqillatish”ni maslahat berdi.

Amerikalik milliarder esa shundan keyin Ukraina uchun Starlink internetini moliyalashtirishni to‘xtatishga qaror qildi.

Shu bilan bir vaqtda ma’lum bo‘lishicha, SpaceX sentabrdayoq Pentagonga Ukraina uchun Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqasini moliyalashtirishni to‘xtatmoqchiligini bildirgan. Maskning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya urush boshidan buyon bunga 80 million dollardan ortiq mablag‘ sarflagan. 15-oktabr kuni esa Mask SpaceX Ukrainada bepul ishlashda davom etishini ma’lum qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Marsdan ham sovuqroq: AQSHda havo harorati tarixiy rekordni yangiladi (video)
Dunyo
Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinning “Zelenskiyni o‘ldirmaslik” bo‘yicha bergan va’dasiga munosabat bildirdi
Sport
A Seriya. Eldor Shomurodovning debyut o‘yinida “Spetsiya” o‘zida “Napoli”ga yirik hisobda yutqazdi