Daryo

Ilon Mask shaxmat ustasi Garri Kasparovni ahmoq deb atadi

Kasparov Maskning Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha bildirgan takliflarini tanqid qilgandi

1 daqiqa o‘qish24 650 ko‘rishlar0 izoh0

Amerikalik biznesmen Ilon Mask shaxmat bo‘yicha sobiq jahon chempioni Garri Kasparovni ahmoq deb atadi. Kasparov uning Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha bildirgan takliflarini tanqid qilgandi.

“Nimaga odamlar Kremniy vodiysidagi shohona qasrida o‘tirib olib, Ukrainaga nima qilish kerakligini o‘rgatmoqda”, — degan Kasparov.

Bunga javoban Mask Twitter’da shunday yozgan: “Garri Kasparov shaxmatni mening iPhone’im kabi yaxshi o‘ynashi rost, ammo u baribir ahmoq”.

Foto: Skrinshot

Shu bilan birga Mask “qasr u yoqda tursin hatto uyi ham yo‘q”ligini qo‘shimcha qildi.

3-oktabr kuni Mask Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha o‘z takliflari bilan o‘rtoqlashgan edi. Birinchi qadam sifatida u yaqinda Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Ukraina hududlarida BMT nazorati ostida referendumlar o‘tkazishni taklif qilgan. SpaceX asoschisiga ko‘ra, Qrim rasman Rossiya tarkibida qoladi, Ukraina esa betaraflik maqomini olishi mumkin.

Uning takliflari ko‘pchilik, jumladan, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy tomonidan tanqid qilindi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar