Daryo

Ilon Mask Tesla bosh direktorligini boshqa odamga topshiradi — WSJ

Ma’lumotlarga ko‘ra, bosh direktor lavozimiga tavsiya etilayotgan inson allaqachon aniqlangan

1 daqiqa o‘qish32 793 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: MarketWatch

Ilon Mask Tesla kompaniyasining bosh direktori lavozimini boshqa odamga topshirishga qaror qildi. Bu haqda direktorlar kengashi a’zosi Jeyms Merdokka tayanib The Wall Street Journal xabar bermoqda.

Foto: MarketWatch

Jeyms Merdokka ko‘ra, bosh direktor lavozimiga tavsiya etilayotgan inson allaqachon aniqlangan. Lekin uning kimligi hali oshkor etilmagan.

Mask dunyodagi eng boy odam — Bloomberg uning boyligini 183 milliard dollarga baholamoqda. Tesla’dan tashqari, tadbirkor SpaceX va Twitter’ni boshqaradi.

Avvalroq Mask agar ishonchli voris paydo bo‘lsa, u kompaniya rahbari lavozimini tark etib, boshqa loyihalarga e’tibor qaratishini aytgan edi.

Bosh direktor lavozimi ko‘pincha biznesga yo‘naltirilgan rolni anglatadi, lekin aslida mening vazifam ko‘proq texnologiyalarni ishlab chiqadigan muhandislikdir, — deb tushuntiradi Mask.

Tadbirkor yaqinda sotib olingan Twitter’ga ham kamroq vaqt ajratishini tan oldi. Kompaniyani sotib olgach, Maskning o‘zi unga rahbarlik qildi. Ammo kelajakda u bosh direktor lavozimiga boshqa odam topishini istisno qilmagandi.

Avvalroq Ilon Mask Twitter’ni sotib olgach, Tesla’ning 4 mlrd dollarli aksiyalarini sotgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar