Daryo

Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi

Dunyodagi eng yirik kriptovaluta birjasi asoschisi Changpeng Chjao pul yuvishdagi qonunbuzarliklarda aybdor deb topilgan

1 daqiqa o‘qish36 105 ko‘rishlar0 izoh0

Dunyodagi eng yirik Binance kriptovalyuta birjasi asoschisi Changpeng Chjao aybini tan olgani sababli 4 oylik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda CNBC xabar berdi.

Foto:CNBC

Sietl federal sudidagi prokurorlar unga uch yillik qamoq jazosi, himoyachi esa besh oylik sinov muddatini so‘ragan. Chjao bank siri to‘g‘risidagi qonun talabiga binoan pul yuvishga qarshi samarali dasturni ataylab amalga oshirmaganlikda ayblangan. Shuningdek, u Binance’ga noqonuniy faoliyatdan olingan daromadlarni, jumladan, amerikaliklar va sanksiyadagi shaxslar o‘rtasidagi pul o‘tkazmalarini boshqarishga ruxsat berganlikda ayblanmoqda.

Prokurorlarning ta’kidlashicha, Chjao AQSH qonunlarini “misli ko‘rilmagan miqyosda” buzgan va Binance’ning qonuniy majburiyatlarini “ataylab e’tiborsiz qoldirgan”.

“Chjao qo‘lga olinmasligi, shunday bo‘lgan taqdirda ham oqibati jinoyatdek og‘ir bo‘lmasligi borasida bahslashgan. Ammo u qo‘lga olindi va endi sud Chjao o‘z jinoyatlari uchun qanday tovon to‘lashini hal qiladi”, — deyiladi memorandumda.

Noyabr oyida Chjao, odatda CZ nomi bilan tanilgan, AQSH hukumati bilan Binance kompaniyasiga nisbatan ko‘p yillik tergovni tugatish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Kelishuv doirasida Chjao kompaniyaning bosh direktori lavozimidan ketdi, u endi kompaniyani boshqarmaydi. Chjao Binance aksiyalarining taxminan 90 foiziga egalik qiladi.

AQSH Binance’dan 4,3 milliard dollarlik jarima va musodara qilishni talab qilgan. Chjao 50 million dollar jarima to‘lashga rozi bo‘lgan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar