Daryo

Visa bankrot bo‘lgan FTX kriptobirjasi bilan hamkorlikni to‘xtatdi

FTX kriptobirjasi atrofida likvidlik muammolari tufayli mojaro kelib chiqqandi. Buning ortidan bitkoin 15,6 ming dollargacha pasayib ketgan

1 daqiqa o‘qish38 253 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Bloomberg

Visa xalqaro to‘lov tizimi 13-noyabr, yakshanba kuni FTX kriptovalyuta birjasi bilan hamkorlikda debet kartalarini chiqarish bo‘yicha shartnomalar bekor qilinganini e’lon qildi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda. 

Foto: Bloomberg

Qaror birjaning bankrotligi e’lon qilinganidan va kripto birjasi ro‘yxatdan o‘tgan AQSH hamda Bagama orollari qimmatli qog‘ozlar komissiyasi tomonidan kompaniyaga qarshi tekshiruvlar boshlanganidan keyin qabul qilindi.

FTX bilan bog‘liq vaziyat achinarli va biz voqealar rivojini diqqat bilan kuzatib boramiz. FTX bilan global kelishuvlarimizni bekor qildik va AQSH debet kartalari dasturi ular tomonidan bosqichma-bosqich bekor qilinmoqda, — dedi Visa vakili. 

FTX 11-noyabr kuni bankrotlik to‘g‘risida ariza bergandi. Kompaniyaning Twitter sahifasida e’lon qilingan bayonotida FTX Group bosh direktori Sem Bankmen Frid iste’foga chiqqani ham e’lon qilingan. Uning o‘rnini bu lavozimda Jon Rey III egallaydi.

Avvalroq FTX kriptobirjasi atrofida likvidlik muammolari tufayli mojaro kelib chiqqandi. Buning ortidan bitkoin 15,6 ming dollargacha pasayib ketgan. 

Mavzuga doir: 

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar