Daryo

Bagama orollari bitkoinning qulashiga sabab bo‘lgan kriptobirja aktivlarini muzlatib qo‘ydi

Regulyator bu qarorni aktivlarni saqlab qolish va likvidlik inqiroziga duch kelgan birjani barqarorlashtirish zarurati bilan izohladi

1 daqiqa o‘qish37 565 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Bloomberg

FTX Digital Markets (FTX kriptovalyuta birjasi operatori) aktivlari Bagama orollari qimmatli qog‘ozlar komissiyasi tomonidan muzlatib qo‘yildi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda. 

Foto: Bloomberg

Regulyator bu qarorni aktivlarni saqlab qolish va likvidlik inqiroziga duch kelgan birjani barqarorlashtirish zarurati bilan izohladi.

Komissiya mijozlar aktivlari noto‘g‘ri ishlatilgan, noto‘g‘ri boshqarilgan va Alameda Research kompaniyasiga o‘tkazilganligi haqidagi ommaviy ayblovlardan xabardor. Komissiya ma’lumotlariga ko‘ra, har qanday bunday harakat potensial noqonuniydir, — deyiladi regulyator press-relizida.

Orol rasmiylari, shuningdek, kompaniya uchun vaqtinchalik tugatuvchini ham tayinladi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSH Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasi FTX Trading (FTX Digital Markets bosh kompaniyasi) bosh direktori Sem Bankmen-Fridga qarshi tergov boshlagan.

Coindesk o‘tgan hafta FTX bilan bog‘liq investitsiya firmasi Alameda Research o‘z balansida birja tomonidan chiqarilgan juda ko‘p tokenlarga ega ekanligini xabar qildi. 

Ishonchsiz aktivlarda birja xavfsizligi haqidagi yangiliklar fonida foydalanuvchilar saytdan kriptovalyutani olib tashlashni boshladi. Bu esa bitkoinning qulashiga olib keldi.

Ayni paytda bitkoinning narxi 17,2 ming dollar atrofida bo‘lib turibdi. 10-noyabr kuni dunyodagi eng yirik kriptovalyuta 15,5 ming dollargacha arzonlagan edi.

2021-yil noyabr oyida kriptovalyuta narxi 69 ming dollargacha ko‘tarilgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar