Daryo

Buxorodagi maktabda o‘qituvchi sinfdagi deyarli barcha o‘quvchilarni urdi (video)

Deputat Rasul Kusherbayev Xalq ta’limi vazirligi va boshqa idoralarni holatni nazoratga olishga chaqirdi

1 daqiqa o‘qish48 260 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Videodan kadr

Deputat Rasul Kusherbayev Buxorodagi maktabda o‘qituvchi dars payti boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini urayotgani aks etgan videoni e’lon qildi.

Uning aytishicha, holat Buxoro shahridagi 4-maktabda yuz bergan. Videodan ko‘rish mumkinki, voqea 14-noyabr kuni soat 09:07 larda 3-sinf o‘quvchilari o‘tirgan sinfda yuz bergan. Aftidan, partalar bo‘ylab yurib, ularni urayotgan o‘qituvchi bolalarning uy vazifasini tekshirayotgan bo‘lgan.

Deputat Xalq ta’limi vazirligi va boshqa idoralarni buni nazoratga olishga chaqirdi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar