Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Har bir oilada kelishmovchilik va ma’lum sabablar bilan er-xotin munosabatlarning biroz sovub turishi tabiiy hol. Hatto omma e’tiboridagi mashhur ayollar ham bunday muammolardan xoli emas. Quyida turli sinovlardan mardonavor o‘tib, oila atalmish muqaddas qo‘rg‘onini saqlab qola olgan mashhur juftliklar haqida so‘z boradi.

Dildora Niyozova

Dildora Niyozova oilaviy sirlarni fosh etmaydigan va qadriyatlarga mustahkam amal qiladigan xonanda sanaladi. Afsuski, 2022-yilda u turmush o‘rtog‘i Latifjon Yunusov bilan jiddiy kelishmovchilikka borgandi. Er-xotin munosabatlarining sovuqlashgani ijtimoiy tarmoqlarda ham ko‘plab munozalarga sabab bo‘lgandi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Latifjon Yunusov o‘shanda xonandaning Instagram sahifasi orqali videomurojaat yo‘llab, rafiqasining islom yo‘lini tanlagani uchun san’atni tark etishi haqida ma’lumot qoldirgan edi.

Oradan bir necha soat o‘tib, Dildora Niyozovaning o‘zi muxlislariga murojaat qilib, turmush o‘rtog‘i jahl ustida uning san’atdan ketishini e’lon qilgani, oldindan zaklad olingan to‘y xizmatlariga borishini aytgandi.

— Har bir oilada o‘ziga yarasha sinovli kunlar bo‘ladi. Ammo san’atkor taniqli inson bo‘lgani uchungina uning shaxsiy hayotidagi ma’lumotlar keng tarqalib ketadi. Dunyoda urishmaydian er-xotin bormi? Turmush o‘rtog‘im haqiqatan rashkchi bo‘lib, sal gapim ham qattiq botadigan asabiy bo‘lib qoldi. Jahlda aql ketadi, deb bekorga aytishmaydi. Ayollar baribir og‘irroq bo‘lmasa, vaziyat butunlay izidan chiqib ketadi. Oilaning mustahkamligini saqlash oson emas. Erkakning jahli chiqqanida tez qaror qilib qo‘yadi, — deydi Dildora Niyozova.

Hilola Hamidova

Xonanda Hilola Hamidova ham turmush o‘rtog‘i bilan bir necha marta jiddiy kelishmovchilikka borgani va oilasi ajrim yoqasiga kelganini ommadan yashirmagan.

Foto: Instagram / @hilolahamidova

Foto: Instagram / @hilolahamidova

— O‘g‘limiz Jo‘rabek kichik yoshda bo‘lganida yetishmovchiliklar bo‘lgan. Chunki turmush o‘rtog‘im juda rashkchi inson. Munosabatlarimizning sovuqlashishiga asosan noo‘rin rashk sabab bo‘lgan. Kim uchundir oilasining buzilishi fojea emasdir, lekin men uchun bu haqiqiy falokat! — deydi Hilola Hamidova.

Nargiza Abdullayeva

Aktrisa Nargiza Abdullayeva bir necha bor turmush o‘rtog‘i bilan jiddiy kelishmovchilikka borgan. Hatto, uni ko‘pchilik ikkinchi turmushidan ham ajrashadi, deb hisoblagandi.

Foto: Instagram / @nargizaabdullayeva_aktrisa

Foto: Instagram / @nargizaabdullayeva_aktrisa

— Oilam hamisha tinch, muammolardan holi deyolmayman. Chunki har bir oilada bo‘lganidek, bizda ham bunday muammolar bo‘ladi. Oilaning mustahkamligi ko‘p jihatdan erkak kishiga bog‘liq. Ayol ojiza bo‘ladi. Er-xotin o‘rtasida sevgidan avval ishonch va hurmat bo‘lishi kerak. Menga ishonmay, ko‘chadagidalarning gapi bilan kelishmovchilikka borgan paytlari ko‘p bo‘lgan, — deydi aktrisa Nargiza Abdullayeva.

Xonzoda Qambarova

Foto: Instagram / @xanna__official

Foto: Instagram / @xanna__official

“O‘jar homilador” seriali bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan aktrisa Xonzoda Qambarova intervyularida turmush o‘rtog‘i bilan jiddiy kelishmovchilikka borgani va ajrashish uchun sudga ariza berganini aytgan edi. Ammo oradan ko‘p vaqt o‘tmay u ajrashish qaroridan qaytganini ma’lum qilgandi.

— Oilalarning ajrashishiga uchinchi shaxslarning aralashuvi ham sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, bir-birini tushunmaslik va shoshib noto‘g‘ri qaror qabul qilishning yakuni ham ajrim bilan tugashi mumkin. Haqiqatan bir muddat turmush o‘rtog‘im bilan birga yashamaganman. Ammo er-xotin kelishib oldik. Qaynonam bilan ham munosabatlarimiz tiklandi, — deydi aktrisa Xonzoda Qambarova.

Muqaddas Sa’dullayeva

Foto: Instagram / @muqaddas_sadullayeva

Foto: Instagram / @muqaddas_sadullayeva

Aktrisa shu yilning avgust oyida turmush o‘rtog‘i, aktyor Yigitali Mamajonov bilan jiddiy kelishmovchilikka borgani va 5 yil davomida birga yashagan xonadonini tark etganini ma’lum qilgandi.

Oradan uch oy o‘tib, u oilasi tiklanganini ma’lum qildi.

— Alloh bergan sinovlardan ham shukrona bilan o‘tib olishlik, davomiy baxtning eshiklari ochilishiga sabab bo‘ladi, — deya instagram sahifasiga turmush o‘rtog‘i bilan birga tushgan suratini joyladi aktrisa.

Dilso‘z

To‘rt farzandning ota-onasi bo‘lgan Dilso‘z va Farruh Raimovning oilasidagi kelishmovchilik ham bir muddat omma e’tiborida bo‘ldi. Avvaliga Farruh Raimov, undan keyin unga javoban Dilso‘z videomurojaat joylab, oilaviy sirlarini oshkor etishgandi.

Oradan ko‘p o‘tmay Dilso‘z turmush o‘rtog‘i bilan kelishib olgani va jahl ustida u haqida noto‘g‘ri ma’lumot tarqatgani uchun uzr so‘rab chiqdi. Muxlislar to‘rt nafar farzandning ota-onasi bo‘lgan taniqli juftlik oilasini saqlab qolganidan xursand bo‘ldi.

Foto: Instagram / @farruxraimov_

Foto: Instagram / @farruxraimov_

— Sinovli kunlar boshimizga tushdi, unga ko‘z tegdi. Oxirgi paytlarda erimni menga yomon ko‘rsatmoqchi bo‘lganlar ko‘paydi. Balki ular oilamizning buzulishini istashgandir. Ajrashishimizni kutganlar, ovora bo‘lasizlar biz baxtli bo‘lamiz, — deya Instagram sahifasiga xabar qoldirdi xonanda Dilso‘z.

Kamola Ortiqova

Sobiq “Ummon” guruhi xonandasi Zohid Rizqiyev avtofalokatga uchramasidan avval turmush o‘rtog‘i Kamola Ortiqova xiyonat sabab, munosabatlari sovuqlashganini ma’lum qilgandi. Avtohalokatdan so‘ng turmush o‘rtog‘ini kechirgani va qiyin vaziyatni uni tashlab qo‘ymasligini bildirdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

— Bo‘lajak farzandimiz uchun ham biz birga bo‘lishimiz kerak. Hali hammasi yaxshi bo‘lib ketadi, — deya Instagram sahifasiga xabar qoldirdi Kamola Ortiqova.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Eldor Shomurodov Turin klubidan jiddiy taklif kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
O‘zbekistonda 3-dekabr kuni ob-havo yog‘ingarchiliksiz, lekin tumanli bo‘lishi kutilmoqda
Mahalliy
Toshkent tumanining Qozog‘iston bilan chegaradosh hududlaridagi xonadonlar buzilib, chegarani mustahkamlash obyektlari quriladi