Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSH Mudofaa vazirligi SpaceX kompaniyasiga Ukrainada Starlink sun’iy yo‘ldosh internet faoliyatini ta’minlash uchun hozircha mablag‘ to‘lagani yo‘q. Bu haqda vazirlik matbuot kotibi AQSH HHK brigada generali Patrik Rayder ma’lum qildi.

Foto: US Air Force

Foto: US Air Force

“Ukraina va Starlink masalasiga kelsak, AQSH Mudofaa vazirligi ushbu bosqichda SpaceX’ga hech qanaqa mablag‘ to‘lagani yo‘q”, — dedi Pentagon vakili. “Ukrainani sun’iy yo‘ldosh aloqasi bilan ta’minlash bo‘yicha kengroq masalani oladigan bo‘lsak, biz buni SpaceX va boshqa kompaniyalar bilan muhokama qilyapmiz va ushbu xizmatlarni qay tarzda taqdim etish yaxshiroq bo‘lishini aniqlashtiryapmiz”, — deya qo‘shib qo‘ydi u.

Biroq sal avvalroq SpaceX rahbari Ilon Mask Pentagonning Ukrainada Starlink xizmatlarini to‘lab berish ehtimoli haqidagi bayonotiga javoban, kompaniya Amerika harbiy idorasidan endi pul so‘ramasligini aytgandi.

AQSH davlat kotibining Yevropa va Yevrosiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi Karen Donfrid Amerika milliarderning Ukrainada Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqasi tizimi faoliyatini moliyalashtirishda davom etishga tayyorligini ma’qullashini ta’kidlagandi. U, shuningdek, sun’iy yo‘ldosh aloqasi tizimi Ukraina hududida jangovar harakatlarning borishiga sezilarli darajada ta’sir qilayotganini qayd etgandi.

Avvalroq CNN SpaceX sentabr oyida Pentagonga murojaat qilib, Ukrainada Starlink terminallari faoliyatini moliyalashtirishni so‘ragani, chunki buni o‘zi boshqa amalga oshira olmasligi haqida xabar bergandi. Kompaniya shu yil oxirigacha bo‘lgan xarajatlarni 120 milliondan ziyodga, kelasi yilgi chiqimlarni esa 400 million dollarga baholadi.

Pentagonga yo‘naltirilgan hujjatlar orasida Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni general Valeriy Zalujniy nomidan yana qariyb 8 mingta Starlink terminallari uchun so‘rov bor edi. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina olgan sun’iy yo‘ldoshlarning qariyb 85 foizi AQSH va Polsha tomonidan to‘langan.

Shundan keyin Kiyev aloqaga to‘lash yo‘lini topishini ma’lum qildi. Oq uy Starlink Ukraina uchun muhim ekanini tushunishlarini bildirib, “Ukraina tomoni aytayotgan bu ehtiyojlarni yaxshiroq ta’minlash” variantlarini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi.

Mask ayni vaqtda Rossiya Ukrainada Starlinkni “o‘ldirishga” urinayotganini, chunki bu tarmoq — jangovar harakatlar zonasida ishlashda davom etayotgan yagonasi ekanini aytdi. “Uni himoya qilish uchun SpaceX juda katta resurslarni yo‘naltirdi. Hatto shunday holatda ham Starlink baribir o‘lishi mumkin”, — dedi biznesmen.

Oktabr boshlarida Ukraina harbiylari o‘zlari bir-biri bilan aloqa qilish, razvedka ma’lumotlarini olish va uchuvchisiz uchar qurilmalarni boshqarish uchun foydalanadigan Starlink faoliyatida uzilishlar bo‘layotganidan shikoyat qilgan, deb yozadi Financial Times.

15-oktabr kuni Mask SpaceX zarar ko‘rayotgan bo‘lsa-da, terminallarni bepul yetkazishda davom etishiga ishontirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov