So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12300.09
    • RUB 136.58
    • EUR 13404.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +6°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Dunyo

    Mask: “SpaceX Ukrainada Starlink faoliyatini moliyalashtirish haqida Pentagonga yuborgan so‘rovini qaytarib oldi”

    18.10.2022, 11:18 8545

    SpaceX kompaniyasi AQSH Mudofaa vazirligiga Ukrainada Starlink terminallari faoliyatini moliyalashtirish haqida kiritgan so‘rovini qaytarib oldi. Bu haqda kompaniya egasi Ilon Mask ma’lum qildi.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    U bu haqda Politico nashrining ikki amerikalik mansabdorga tayanib, Pentagon qurol va uskunalar yetkazib berish uchun foydalaniladigan jamg‘arma orqali Starlink aloqa xizmatlarini uzoq muddatli istiqbolda moliyalashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqidagi maqolasiga javoban aytib o‘tdi.

    “Aniqroq qilib aytsak, Ukrainaga 25 300 ta terminal jo‘natilgan, biroq hozirgi paytda faqat 10 630 tasining faoliyati moliyalashtirilmoqda”, — deya qo‘shib qo‘ydi Mask.

    Avvalroq CNN SpaceX sentabr oyida Pentagonga murojaat qilib, Ukrainada Starlink terminallari faoliyatini moliyalashtirishni so‘ragani, chunki buni o‘zi boshqa amalga oshira olmasligi haqida xabar bergandi. Kompaniya shu yil oxirigacha bo‘lgan xarajatlarni 120 milliondan ziyodga, kelasi yilgi chiqimlarni esa 400 million dollarga baholadi.

    Pentagonga yo‘naltirilgan hujjatlar orasida Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni general Valeriy Zalujniy nomidan yana qariyb 8 mingta Starlink terminallari uchun so‘rov bor edi. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina olgan sun’iy yo‘ldoshlarning qariyb 85 foizi AQSH va Polsha tomonidan to‘langan.

    Shundan keyin Kiyev aloqaga to‘lash yo‘lini topishini ma’lum qildi. Oq uy Starlink Ukraina uchun muhim ekanini tushunishlarini bildirib, “Ukraina tomoni aytayotgan bu ehtiyojlarni yaxshiroq ta’minlash” variantlarini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi.

    Mask ayni vaqtda Rossiya Ukrainada Starlinkni “o‘ldirishga” urinayotganini, chunki bu tarmoq — jangovar harakatlar zonasida ishlashda davom etayotgan yagonasi ekanini aytdi. “Uni himoya qilish uchun SpaceX juda katta resurslarni yo‘naltirdi. Hatto shunday holatda ham Starlink baribir o‘lishi mumkin”, — dedi biznesmen.

    Oktabr boshlarida Ukraina harbiylari o‘zlari bir-biri bilan aloqa qilish, razvedka ma’lumotlarini olish va uchuvchisiz uchar qurilmalarni boshqarish uchun foydalanadigan Starlink faoliyatida uzilishlar bo‘layotganidan shikoyat qilgan, deb yozadi Financial Times.

    15-oktabr kuni Mask SpaceX zarar ko‘rayotgan bo‘lsa-da, terminallarni bepul yetkazishda davom etishiga ishontirdi.

    Mavzuga doir:

    • Ilon Mask Qrimning Rossiya uchun muhimligini ta’kidlab, yadro urushi xavfidan ogohlantirdi
    • Ilon Mask Rossiya va AQSH bir-birini yarim soat ichida yo‘q qila olishini aytdi
    • “Starlink’dan voz kechmaymiz va hamkorlikni davom ettirish yo‘llarini topamiz” — Ukraina prezidenti ofisi maslahatchisi Podolyak

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    × Lightbox Image

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda yana 10 nafar shaxs juda ko‘p miqdorda tovlamachilikda ayblanib ushlandi

    Kecha, 23:25

    Hokim tadbirkorni qamatishga topshiriq berganmidi? Termiz shahri hokimi javob berdi

    Kecha, 23:20

    Andijondagi zapravkalarda gaz yetkazib berish vaqti chegaralandi

    Kecha, 23:15

    Tuya mingan Santa Klaus, ovqatga navbat talashayotganlar, “jang qilayotgan” tarix ishqibozlari — 4-dekabr suratlari

    Kecha, 23:05

    OCHL. “Navbahor” “Mumbay Siti”ga qarshi o‘yinda irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi, “Nasaf” esa “As-Sadd” bilan durang o‘ynadi

    Kecha, 23:01

    O‘zbekistonda 1-bosqich talabalariga kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi

    Kecha, 23:00

    Rasman: Oston O‘runov “Navbahor”ni tark etdi

    Kecha, 22:30

    Farg‘onada “Baxti Tashkentskiy”ga yaqin jinoiy aloqasi bo‘lgan Doston Xalilov ushlandi

    Kecha, 22:12

    Instagram: So‘g‘diyona Azimova turmushga chiqdi, Abdulla Qurbonov nevarali bo‘ldi, Bonamur 60 ming dollarlik mashina oldi

    Kecha, 21:56

    Qirg‘izistonga energetik ichimliklar olib kirish va sotish taqiqlanadi

    Kecha, 21:35

    Tavsiya etamiz

    Hokim tadbirkorni qamatishga topshiriq berganmidi? Termiz shahri hokimi javob berdi

    23:00 / 04.12.2023

    Tuya mingan Santa Klaus, ovqatga navbat talashayotganlar, “jang qilayotgan” tarix ishqibozlari — 4-dekabr suratlari

    23:00 / 04.12.2023

    “Salimboy” qamoqqa olingani aytilmoqda. “Daryo” IIV mas’uli bilan bog‘landi

    11:00 / 04.12.2023

    Qatl qilingan ukrainalik askar, qayta boshlangan hujum, ozod qilingan garovdagilar — hafta suratlari

    23:00 / 02.12.2023
    Daryo

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.