Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Yaponiyaning Toyota konserni Sankt-Peterburgdagi avtomobil yig‘ish zavodini yopmoqda, deb xabar berdi Meduza Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmatiga tayanib.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Kompaniya xodimlar oldidagi majburiyatlarini bajaradi, Toyota va Lexus avtomobillariga sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatadi, shuningdek, dilerlik tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi, deyiladi vazirlik xabarida.

Vazirlik zavod nima sababdan yopilayotganiga aniqlik kiritmadi. Manbaga, avtomobil ishlab chiqaruvchisi Rossiyaga butlovchi qismlar yetkazib berishni tashkil eta olmagan.

Sanoat va savdo vazirligi Sankt-Peterburg hukumati bilan birgalikda yig‘ish maydonchasini rivojlantirishning mumkin bo‘lgan yechimlari ustida ishlamoqda. Keyinchalik sotuv qayta tiklanishi mumkin, ammo zavodni qayta ochish rejalashtirilmagan.

Zavod sotilganiga qaramay, avtomobil ishlab chiqaruvchisi Rossiyani tark etish niyatida emas, deya qayd etiladi manbada.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Kreml Putin tug‘ilgan kunini qanday nishonlamoqchiligini ma’lum qildi
Sport
Superligada sentabr oyining eng yaxshi murabbiyi aniqlandi
Mahalliy
Farg‘onada 64 yoshli qaynota kelinini o‘ldirib, marhumaning boshini uzib oldi