Daryo

Armaniston va Ozarbayjon bir-birini qaytadan o‘t ochishda ayblamoqda

14-sentabrga o‘tar kechasi Armaniston—Ozarbayjon chegarasida vaziyat tarangligicha qolgan. Xususan, Ozarbayjon harbiylari Jermuk kurort shahri yo‘nalishida hujumchi dronlarni ishlatgan

1 daqiqa o‘qish20 040 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: AFP

Ozarbayjon qurolli kuchlari Armaniston bilan chegarada jangovar harakatlarni qayta boshladi. Bu haqda Armaniston Mudofaa vazirligi xabar bermoqda.

Foto: AFP

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, 14-sentabrga o‘tar kechasi Armaniston—Ozarbayjon chegarasida vaziyat tarangligicha qolgan. Xususan, Ozarbayjon harbiylari Jermuk kurort shahri yo‘nalishida hujumchi dronlarni ishlatgan.

Armaniston Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 14-sentabr kuni ertalab Ozarbayjon tomoni artilleriya, minomyot va yirik kalibrli qurollardan foydalangan holda qayta o‘t ochishni boshlagan, shuningdek, Jermuk va Sevan ko‘li yaqinidagi Verin Shorja qishlog‘i yo‘nalishi bo‘yicha hujum operatsiyalarini boshlagan.

O‘z navbatida, Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armanistonni Ozarbayjon qo‘shinlarining Kalbajar va Lochin viloyatlaridagi pozitsiyalarini o‘qqa tutganlikda aybladi.

Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida yangi keskinlashuv 13-sentabrga o‘tar kechasi yuz bergandi. Armaniston tomoni Ozarbayjon harbiylarini chegara yaqinidagi shahar va qishloqlarni o‘qqa tutganlikda aybladi. Bokuning ma’lum qilishicha, o‘t ochish Armanistonning “keng ko‘lamli provokatsiyasi”ga javob bo‘lgan.

Armaniston jangovar harakatlar oqibatida 49 nafar, Ozarbayjon esa 50 ga yaqin askari halok bo‘lganini ma’lum qildi. Janglar tufayli Armaniston hukumati Rossiya, Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilot va BMT Xavfsizlik Kengashiga a’zo davlatlarga murojaat qildi. Natijada KXSHT “mavjud vaziyatni baholash” uchun Armanistonga o‘z missiyasini yuborishga qaror qildi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar