Daryo

O‘zbekiston TIV Ozarbayjon—Armaniston chegarasidagi vaziyatga munosabat bildirdi

Vazirlik tomonlarni mavjud ahvolni barqarorlashtirish, vaziyatdan chiqish uchun siyosiy va diplomatik muzokaralar olib borishga da’vat etdi

1 daqiqa o‘qish12 606 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘zbekiston SHHTga raislik qiluvchi mamlakat sifatida Ozarbayjon—Armaniston chegarasida tinchlikka erishilgani va keskinlik bartaraf etilganini olqishlaydi, deb xabar bermoqda TIV matbuot xizmati.

“O‘zbekistonning ishonchi komilki, barcha masalalar va mavjud muammolarni hal qilishning yagona to‘g‘ri yo‘li bu xalqaro huquq asosida va ilgari erishilgan kelishuvlar doirasida tinchlik muzokaralari va maslahatlashuvlar yo‘lidir.

Biz tinchlik shartlariga qat‘iy rioya qilinishi, har qanday sharoitda ham vazminlikning namoyon bo‘lishiga umid qilamiz hamda tomonlarni mavjud ahvolni barqarorlashtirish, vaziyatdan chiqish uchun siyosiy va diplomatik muzokaralar olib borishga da’vat etamiz”, — deyiladi vazirlik bayonotida.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar