Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

“Paxtakor” hujumkor yarim himoyachisi Dragan Cheran Superliga 15-turi doirasida “Neftchi”ga qarshi kechgan o‘yinda (0:2) gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Foto: “Paxtakor”

Foto: “Paxtakor”

Bu serbiyalik futbolchi uchun O‘zbekiston oliy divizionidagi 106-golga aylandi. Shu tariqa Cheran O‘zbekiston chempionati tarixidagi eng yaxshi legioner to‘purarga aylandi.

Bu borada Dragan turkmanistonlik Artur Gevorkyanni ortda qoldirdi. Gevorkyan O‘zbekiston chempionatida 105 ta golga muallif qilgandi.

Cheran O‘zbekistondagi faoliyatini 2016-yili “Nasaf” safida boshlagan. 2018-yildan beri esa “Paxtakor” safida to‘p tepmoqda.

Cheran Superliga 2022-yilgi mavsumi 15-turidan keyin 9 ta gol urgan holda Temurxo‘ja Abduxoliqov bilan to‘purarlar ro‘yxatida yetakchilik qilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Afg‘oniston prezidenti Najibulloning o‘ldirilishi, Rozett toshlarini o‘qishga muvaffaq bo‘lgan Shampolyon va Klivlenddagi ekologik falokat. Kun xronologiyasida 27-...
Mahalliy
Navoiydagi ko‘p qavatli uylarda lift muammosi: aholi lift ishlamayapti desa, mas’ullar uning to‘xtatilishiga lift ichidagi o‘g‘rilik, fohishabozlik sabab demoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 26-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar