Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

O‘zbekistonning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro reytingdagi o‘rni yuqorilab bormoqda. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov Senat yalpi majlisidagi ma’ruzasida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Akmal Burxonov
Foto: “Daryo”

Akmal Burxonovning aytishicha, ko‘rsatgichlar yiliga 6-7 pog‘onaga o‘sib bormoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro reytinglarda O‘zbekistonning o‘rni yaxshilanishiga erishilmoqda. Masalan, Transparency international xalqaro tashkiloti reytingida O‘zbekiston 2020-yilda 2019-yilga nisbatan 7 pog‘ona yuqorilab, dunyo miqyosida 146-o‘rinni egallagan. 2021-yilda 6 pog‘onaga yuqorilab, 140-o‘rinni egalladi hamda indeks bahosida qatorasiga 5 yil davomida barqaror o‘sishga erishdi, – dedi agentlik rahbari.
Akmal Burxonov hisobotida keltirishicha, respublikada 2021-yilda sodir etilgan korrupsiyaviy jinoyatlar soni 2020-yilga nisbatan ancha oshgan.
Statistik hisobotlarga ko‘ra, 2020-yilda respublika bo‘yicha 1 ming 148 ta korrupsiyaviy jinoyat ishlari sudga yuborilgan bo‘lsa, 2021-yilda bu raqam 3 ming 769 tani tashkil etgan. Masalan, o‘tgan yili Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida 56 milliard so‘mdan ortiq miqdordagi moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlangan. Shundan 7 milliard so‘mlik kamomad va o‘zlashtirishlarga yo‘l qo‘yilgan, 12 milliard so‘mlik maqsadsiz xarajatlar qilingan. Davlat budjetiga yetkazilgan 9 milliard so‘mlik zararning undirilishiga erishilgan, – dedi u.
Avvalroq agentlik rahbari aholi va yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar natijalarini ma’lum qilgandi. Unga ko‘ra, 36 foiz aholi korrupsiya, poraxo‘rlik va tamagirlik hamma joyda mavjud deb hisoblaydi. Yoshlarning 39 foizi pora berishni korrupsiya deb hisoblamaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Bunday shaxslarning O‘zbekistonga kirishini umrbod taqiqlash kerak”. Alisher Qodirov boshqa davlatning harbiy harakatiga yollanadiganlar haqida
Madaniyat
51 yoshli xonanda Nargiz Zokirova farzand kutmoqda (foto)
Mahalliy
“Farzandlariga moddiy yordam ajratiladi, hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashiladi”. Farg‘onadagi zavod vafot etgan xodimi bolalarini o‘z qaramog‘iga oldi