Daryo

Samarqandda Zarafshon daryosi o‘zanidagi 4 gektar yerda yong‘in chiqdi

Hozirda holat yuzasidan qonunda belgilangan tartibda surishtiruv va o‘rganish ishlari olib borilmoqda

1 daqiqa o‘qish44 874 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand va Past Darg‘om tumanlarini bir-biriga bog‘lovchi daryo o‘zanida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar tarqaldi. Viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Foto: Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi

Samarqand tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan olib borilgan o‘rganish ishlarida ma’lum bo‘lishicha, 8-iyul kuni tushdan so‘ng Qoradaryoning Samarqand tumani “Zaxlik” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi qirg‘oq mintaqasida yovvoyi holda o‘sadigan yulg‘unzor noma’lum shaxslar tomonidan yoqib yuborilgan.

Holat tuman FVB yong‘in-qutqaruvchilari tomonidan tezkor tartibda bartaraf etilgan. Aniqlanishicha, yong‘in natijasida 4 gektar yer maydonidagi buta va yulg‘unlar yongan.

Qayd etilishicha, hozirda Samarqand tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi va tegishli mutasaddi tashkilotlar tomonidan holat yuzasidan qonunda belgilangan tartibda surishtiruv va o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: Samarqanddagi “Zarafshon” milliy tabiat bog‘i hududida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar