Daryo

Samarqanddagi “Zarafshon” milliy tabiat bog‘i hududida yong‘in sodir bo‘ldi

Yong‘inni sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda

1 daqiqa o‘qish20 204 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Samarqand FVB

Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi “Zarafshon” milliy tabiat bog‘i hududida yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar qilmoqda viloyat FVB.

Foto: Samarqand FVB

29-iyun kuni soat 13:15 da Jomboy tumani “Zarafshon” MFYda joylashgani “Zarafshon” Milliy tabiat bog‘iga qarashli o‘rmonda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida tuman FV bo‘limiga xabar kelib tushgan.

Yong‘in joyiga YQElari soat 13:27 da yetib borib, soat 14:40 da qurshab olgan va yong‘in soat 17:00 da bartaraf etilgan. Yong‘inni bartaraf etishga FVB ning 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Yong‘inni sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar