Daryo

Farg‘onada noma’lum shaxs Kia Carnival mashinasini yoqib yubordi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda

1 daqiqa o‘qish27 878 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi

Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida 26-iyun kuni ayol kishiga tegishli mashina yoqib yuborildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.

Foto: Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi

Qayd etilishicha, shu kuni fuqaro U.M. (ayol) viloyati IIBga murojaat qilib, unda shu kuni soat taxminan 03:00 da Farg‘ona shahar Ezgulik ko‘chasi 10-uy oldida turgan onasi M.U.ga tegishli qora rangli Kia Carnival avtomashinani noma’lum shaxs yoqib yuborganini ma’lum qilgan. Ayol ushbu holat yuzasidan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Shu kunning o‘zida tergov guruhi tomonidan hodisa joyi ko‘zdan kechirilib, hujjatlar rasmiylashtirilgan. Avtomashinaga yetkazilgan zararni aniqlash maqsadida sudga oid yong‘in-texnikaviy ekspertizasi va baholash ekspertizasi tayinlangan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar