Daryo

Toshkentdagi “Chorsu” bozoridan 158 kilo shakar sotib olgan fuqaro aniqlandi

Ushbu furqaro ukalari va do‘sti bilan to‘rtta joyda navbatga turib, arzon shakardan sotib olgan

1 daqiqa o‘qish39 642 ko‘rishlar0 izoh0
Kadr: Telegram

Ijtimoiy tarmoqlarda bir fuqaroning “Chorsu” bozoridan 158 kilogramm shakar sotib olgani tasvirlangan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBB holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Kadr: Telegram

“Chorsu” dehqon bozori direktori o‘rinbosari Nasrillo Meliqulovga ko‘ra, bozor ma’muriyati kun davomida bozorda 30 tonna shakar sotilmoqda. Har bir kishi 5 kilogrammgacha shakar sotib olishi mumkin.

“Vahima qilishga o‘rin yo‘q… O‘zimizda shakar zavod ishlab turibdi, chetdan olib kelmayapmiz. Mana, Angren va Xorazm shahar zavodlaridan mahsulot kelyapti”, — deydi u.

Shu bilan birga, bozor hududidagi Spark avtomobili ko‘zdan kechirilganda, xaridor 158 kilogramm shakar sotib olgani ma’lum bo‘lgan.

“Shakar arzon narxda sotilayotgani haqida eshitdik. Shakar yetarli ekan, navbat ham katta emasdi. Odamlar vahima qilishdi, men ham ko‘proq sotib olishga qaror qildim. Ukalarim va do‘stimga qo‘ng‘iroq qilib, to‘rtta joyda navbatda turdik. Joylarda navbat almashtirib, shunday qilib 158 kilogramm shakar yig‘ib oldik. Mening oilam uchun 5 kilogramm ham yetarli”, — deydi u.

Ta’kidlanishicha, 158 kilogramm shakar yana savdo rastalariga qaytarilgan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar