Daryo

Toshkentda sexda yuzaga kelgan yong‘in o‘chirildi

Holatni bartaraf etishga 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji, 2 maxsus texnika jalb etildi

1 daqiqa o‘qish22 712 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent shahri Sergeli tumanida 31-may kuni sexda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, soat 18:11 da Sergeli tumani Nilufar ko‘chasida joylashgan sexda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan. Shunga ko‘ra, 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji, 2 ta maxsus texnika voqea joyiga yetib borgan.

Yong‘in soat 18:28 da qurshab olinib, soat 18:51 to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida binoning sendvich panelli tom yopmasining taxminan 300 kvadrat/metr maydoni yonib zararlangan. Hodisada tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘indan binodagi mahsulotlari saqlab qolingan.

Ayni vaqtda yong‘inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar