Daryo

O‘zbekistonda 26-may kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

Payshanba kuni shamol tezligi kuchayishi mumkin, ayrim tumanlarda chang-to‘zonlar kuzatiladi

1 daqiqa o‘qish32 106 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“O‘zgidromet” 26-may, payshanba kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-19, kunduzi 33-35 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin, ayrim tumanlarda chang-to‘zonlar kuzatiladi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin, ayrim tumanlarda chang-to‘zonlar kuzatiladi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 26-31 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin, ayrim tumanlarda chang-to‘zonlar kuzatiladi. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 34-39 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 22-27 daraja bo‘ladi.

Mavzuga doir: “O‘zgidromet” hafta davomida qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar