Daryo

“O‘zgidromet” hafta davomida qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

Havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va hafta o‘rtasiga kelib 32-37 darajaga yetadi

1 daqiqa o‘qish39 190 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 23—28-mayga ob-havo prognozini e’lon qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, 23-may, dushanba kuni respublika bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona viloyatining ayrim tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Kunduzi havo harorati 23-28 daraja atrofida bo‘ladi.

24—26-may kunlari O‘zbekiston bo‘yicha havo kam bulutli va iliq bo‘ladi. Havo harorati kunduzi asta-sekin ko‘tariladi va hafta o‘rtasiga kelib 32-37 darajaga yetadi.

27-mayda O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havoning navbatdagi qismi kirib kelishi boshlanadi. Respublikaning ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Kunduzi havo harorati 5-7 darajaga pasayadi.

25-mayda shimolda, 26—28-may kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi kutilmoqda. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar