Daryo

Sergelida yangi yo‘l bo‘ylab qurilgan devorning bir qismi qulab tushdi

Tuman hokimligi tomonidan mazkur holat bo‘yicha o‘rganish o‘tkazilgan

1 daqiqa o‘qish87 832 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkentning Sergeli tumanida yangi barpo etilgan yo‘l bo‘ylab qurilgan yig‘ma devorning bir qismi qulaganligi to‘g‘risida video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Tuman hokimligi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Unda “O‘zgidromet” 21—24-may kunlari kuchli shamol esishi to‘g‘risida ogohlantirgani eslatib o‘tilgan va ushbu devor ortida katta ochiq maydon bo‘lgani sababli shamolning bir qancha kuchli bo‘lgani bildirilgan.

Ma’lum qilinishicha, Sergeli tumani hokimligi tomonidan mazkur holat bo‘yicha o‘rganish o‘tkazilgan bo‘lib, o‘rganish natijalariga ko‘ra, ushbu kamchilik pudratchining  devorni mustahkam o‘rnatmaganligi bilan bog‘liq bo‘lgani sababli pudratchi o‘z hisobidan devorni ta’mirlashga kirishdi.

“Sergeli tuman hokimligi tumanni obodonlashtirish hamda bu kabi kamchiliklarni aniqlashda  faol bo‘lgan fuqarolarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi. Shu bilan birga, keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raydi”, — deyiladi hokimlik xabarida. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar