“Manchester Siti” Erling Holand bilan kelishuvga erishganidan so‘ng, Gabrielga chiqish eshiklarini ko‘rsatmoqda. Norvegiyalik hujumchi 2022-yilning 1-iyulida “shaharliklar” safiga qo‘shiladi.

Foto: Getty Images

Manchesterliklar Gabriel Jezusga narx belgiladi. 25 yoshli braziliyalikning 2023-yil yozida nihoyasiga yetadigan shartnomasi uzaytirilmasa ham, “shaharliklar” futbolchi uchun 50-60 million yevro talab qilmoqda.

“Arsenal” hujumchi uchun dastlabki taklifni yubormoqchi. Jezusning agenti futbolchiga londonliklarning loyihasi yoqayotganini bildirgan.

Gabriel 2021/22-yilgi mavsum APLda 26 o‘yinda ishtirok etib, 8 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.