Angliya Premyer Ligasida mavsumning eng yaxshi futbolchisi nomiga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi.

Foto: Instagram

Mavsumning eng yaxshi futbolchisi muxlislar ovozi, APL klublarining 20 nafar sardori va futbol ekspertlari tomonidan aniqlanadi.

Sovrin uchun 8 nafar futbolchi kurash olib bormoqda:

1. Trent Aleksander-Arnold, “Liverpul” — 31 o‘yinda 2 ta gol va 12 ta golli uzatma;

2. Jerrod Bouen, “Vest Hem” — 34 o‘yinda 10 ta gol va 10 ta golli uzatma;

3. Joau Kanselu, “Manchester Siti” — 34 o‘yinda bitta gol va 7 ta golli uzatma;

4. Kevin de Bryuyne, “Manchester Siti” — 28 o‘yinda 15 ta gol va 7 ta golli uzatma;

5. Bukayo Saka, “Arsenal” — 26 o‘yinda 11 ta gol va 6 ta golli uzatma;

6. Muhammad Saloh, “Liverpul” — 34 o‘yinda 22 ta gol va 13 ta golli uzatma;

7. Son Hyon Min, “Tottenhem” — 33 o‘yinda 21 ta gol va 7 ta golli uzatma;

8. Jeyms Uord-Prouz, “Sauthempton” — 34 o‘yinda 9 ta gol va 5 ta golli uzatma.