Daryo

O‘zbekiston yil boshidan beri 700 mingdan ortiq telefon import qildi. Bularning 75 foizi Xitoydan olib kelingan

Yanvar-mart oylarida telefon importi 2021-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 260 ming donaga oshgan

1 daqiqa o‘qish13 418 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘zbekiston 2022-yilning birinchi choragida xorijdan qiymati 49,9 mln dollarga teng bo‘lgan 700 283 dona mobil telefon import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda. 

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Yanvar—mart oylarida telefon importi 2021-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 260 ming donaga oshgan. 

O‘zbekiston 9 ta davlatdan mobil telefonlar import qilgan. Ularning 76 foizi Xitoy hisobiga to‘g‘ri keladi. Xitoydan yil boshidan beri 530 ming donadan ziyod telefon olib kelingan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich Vyetnam va Hindiston bilan mos ravishda 92,6 ming va 36,6 ming dona bo‘lgan

O‘zbekiston 3 oy mobaynida mobil telefonlarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:
  • Xitoy – 533 704 dona
  • Vyetnam – 92 639 dona
  • Hindiston – 36 698 dona
  • BAA – 33 620 dona 
  • Qozog‘iston – 3 518 dona
  • Koreya – 86 dona
2021-yilda eng ko‘p telefon mart oyida import qilingan — 286 mingta.  Oylar kesimida telefon importi:
  • yanvar oyida – 129 766 dona
  • fevral oyida – 284 461 dona
  • mart oyida – 286 056 dona
Avvalroq O‘zbekistonga uch oyda 455 ta elektromobil import qilingani haqida xabar berilgan edi.
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar