Daryo

O‘zbekistonga uch oyda 455 ta elektromobil import qilindi

Jami 9 ta xorijiy davlatdan import qilingan elektromobillarning umumiy qiymati 13,5 million dollarni tashkil etadi

1 daqiqa o‘qish24 406 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

2022-yilning yanvar—mart oylarida O‘zbekiston 9 ta xorijiy davlatdan qiymati 13,5 million AQSH dollariga teng bo‘lgan 455 ta elektromobil import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum qilinishicha, elektromobil importi 2021-yilning mos davriga nisbatan 370 taga yoki 5,4 barobarga oshgan.

2022-yilning dastlabki 3 oyida O‘zbekiston asosan quyidagi davlatlardan elektromobillarni import qilgan:
  • Xitoy – 426 ta;
  • Germaniya – 13 ta;
  • Gonkong – 7 ta;
  • BAA – 3 ta;
  • Estoniya – 2 ta;
  • AQSH – 1 ta;
  • Kanada – 1 ta.
Aprel oyi holatiga ko‘ra, elektromobillarni quvvatlantirish shoxobchalari O‘zbekistonning yetti viloyatida mavjud. Zaryadlash stansiyalari umumiy soni 50 ga yaqinlashib qolgan, ularning asosiy qismi Toshkent va Farg‘ona vodiysida joylashgan. Yana bir nechta stansiyalar Samarqand, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida bor. Avvalroq “O‘zavtosanoat” vakili Shavkat Olimov hozir O‘zbekistonda 2000 dan ortiq elektromobil mavjudligini ma’lum qilgandi. Taqqoslash uchun, 2020-yil boshida O‘zbekistonda elektromobillar soni 100 donaga baholangan edi. Elektromobillar sonining ko‘payishiga ularning bojxona to‘lovlari va yo‘l haqi to‘lashdan ozod etilgani ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Mavzuga doir: O‘zbekiston banklari elektromobillar uchun ekokredit taklif qila boshladi

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar