Daryo

Qoraqalpog‘istonda bir guruh ayollar boshqa bir ayolni “samosud” qildi (video)

Aniqlanishicha, janjal ayollar bir-birini uyatsiz so‘zlar bilan haqoratlagani sabab kelib chiqqan

1 daqiqa o‘qish92 151 ko‘rishlar0 izoh0

25-aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh ayol-qizlar tomonidan bir nafar ayol kaltaklangani tasvirlangan video tarqaldi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV holatga rasmiy munosabat bildirib, hozirda tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

Ushbu holat yuzasidan Nukus shahar IIO FMB tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv davomida, fuqaro L.A.ning og‘zaki ko‘rsatmasiga ko‘ra, 7-mart kuni soat taxminan 21:00 lar chamasida Nukus shahrida yashovchi Y.S., J.D., K.A., M.D. hamda Xo‘jayli tumanida yashovchi B.G. bilan o‘zaro gap talashib, har xil uyatsiz so‘zlar bilan haqoratlagani aniqlangan. Bunga chiday olmagan L.A. fuqaro Y.S. bilan janjallashgan vaqtida uning yonidagi tanishlari ushbu janjalga qo‘shilib, L.A.ni urib, do‘pposlagan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Nukus shahar IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Samarqandda bozor nazoratchisi fuqaroni “samosud” qilgani, Surxondaryoda kundoshini “samosud” qilgan ayol va uning opasi qamalgani, Toshkentda ijarada yashovchi to‘rt ayol sherigini “samosud” qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar