Daryo

Toshkentda ijarada yashovchi to‘rt ayol sherigini “samosud” qildi

Hozirgi vaqtda mazkur fakt bo‘yicha tekshiruv olib borilmoqda

1 daqiqa o‘qish102 549 ko‘rishlar0 izoh0

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Uchtepa tumanida to‘rt ayol ijaradagi sherigini “samosud” qilgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan shahar IIBB axborot xizmati ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, 27-avgust kuni soat 23:30 da Uchtepa tumani 11-kvartalidagi 5-son va 4-sonli uylar orasidagi bolalar maydonchasida birga ijara uyda yashovchi ayollar o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan.

25 yoshli B.A. va u bilan birga ijarada turuvchi tanishlari 29 yoshli S.E., 32 yoshli Sh.S., 18 yoshli P.Ch. va 30 yoshli U.X. orasida kelishmovchilik kelib chiqqan.

Hozirgi vaqtda mazkur fakt bo‘yicha tekshiruv olib borilmoqda. Tekshiruv yakuniga ko‘ra qonuniy chora ko‘rilishi ma’lum qilindi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar