Daryo

Qashqadaryoda 12 nafar yigit mashinalar oynasidan chiqib olib, qarama-qarshi tomonga harakatlandi (video)

Ularning 6 nafariga qamoq, qolgan 6 nafariga esa jarima jazosi tayinlandi

1 daqiqa o‘qish69 474 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Videodan skrin

Ijtimoiy tarmoqlarda bir qancha yosh yigitlar transport vositalarining oynasidan chiqib olgan holda mashinalarda turli xavfli manyovrlar qilgani aks etgan videolavha tarqaldi. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati holat bo‘yicha ma’lumot berdi.

Foto: Videodan skrin

Qayd etilishicha, videotasvirdagi vaziyat Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida sodir bo‘lgan. 5 ta transport vositasining haydovchilari guruh-guruh bo‘lib, qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan yo‘lga chiqib avtomobil boshqargan. Haydovchi va yo‘lovchilarning shaxsi aniqlanib, jami 12 nafar fuqaroga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan va sud tomonidan ko‘rib chiqilgan.

Ularning 6 nafariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan 15 sutka qamoq jazosi tayinlangan. Qolgan 6 nafariga esa BHMning 3 baravari (810 ming so‘m) miqdorida jarima qo‘llanilgan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar