Daryo

“O‘zgidromet” 21-aprelda kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

Unga ko‘ra, payshanba kuni havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin

1 daqiqa o‘qish51 562 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

Respublika Gidrometeorologiya markazi 21-aprel, payshanba kuni qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-14 daraja, kunduzi 23-25 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14 daraja, kunduzi 21-26 daraja bo‘ladi.

Samarqand viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14 daraja, kunduzi 21-26 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 12-17 daraja bo‘ladi. Mavzuga doir: 

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar