Daryo

Tayyorlanishi oson bo‘lgan kokosli keks retsepti

Xamiri yumshoq mazali keks barchaga birdek manzur kelishi tabiiy

1 daqiqa o‘qish71 054 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

Kokosli kekslarni tayyorlash juda oson. Shunchaki barcha masalliq aralashtiriladi va pechga pishirish uchun qo‘yiladi.

Foto: Lifehacker
Kerakli mahsulotlar:
  • o‘simlik yog‘i — 60 ml;
  • un — 250 gramm;
  • shakar — 200 gramm;
  • qabartma — 2 choy qoshiq;
  • tuz — 1 choy qoshiq;
  • sut — 180 ml;
  • tuxum — 2 dona;
  • vanil — 1 choy qoshiq;
  • kokos qirindisi — 100 gramm va sepish uchun.
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Pech 190 darajada oldindan qizdiriladi. 12-15 ta keks qolipi yog‘lanadi.
  2. Un elakdan o‘tkazilib, shakar, qabartma va tuz bilan aralashtiriladi.
  3. So‘ngra sut, tuxum, sariyog‘ va vanil solinadi.
  4. Xamir silliq bo‘lguncha yaxshilab aralashtiriladi. Oxirida kokos qirindisi qo‘shiladi.
  5. Qolipning 3/4 qismi xamir bilan to‘ldiriladi. 15-20 daqiqaga pechga qo‘yiladi.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar