Daryo

Bor-yo‘g‘i 30 daqiqada tayyor bo‘ladigan mazali pechenye reptsepti

Shirinliklarni yong‘oq, shokolad yoki murabbo bilan dasturxonga torting

1 daqiqa o‘qish25 929 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Marie Claire

Bir necha mahsulotdan qisqa vaqt ichida pechenye tayyorlab ko‘ring. Shirinlikning ta’mi og‘izda qolishi tabiiy.

Foto: Marie Claire
Kerakli mahsulotlar:
  • un – 300 gramm;
  • tuz – 1 choy qoshiq;
  • shakar – 50 gramm;
  • sariyog‘ – 150 gramm.
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Pech avvaldan 180 darajada qizdiriladi va pishiriq qolipiga pergament qog‘oz solinadi.
  2. Idishga un, tuz va shakar solib aralashtiriladi.
  3. Xamir qum ko‘rinishida bo‘lgunga qadar sariyog‘ ham qo‘shilib, yaxshilab uvalanadi.
  4. Asta-sekin xamir qoriladi.
  5. Xamir yuzasiga biroz tuz va shakar sepiladi.
  6. So‘ngra turli xil shakllar kesib olinadi va sanchqi yordamida bezak berish mumkin.
  7. Xamir qizargunga qadar 30 daqiqa davomida pishiriladi.
  8. Tayyor bo‘lgach shirinliklar xona haroratida sovutiladi.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar