Daryo

Atigi 7 daqiqada krujka ichiga solib pishiriladigan keks retsepti

Buning uchun bir nechta oddiy mahsulotlar, mikroto‘lqinli pech va ozgina bo‘sh vaqt kerak bo‘ladi

1 daqiqa o‘qish65 921 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Marie Claire

Ba’zan organizm to‘satdan shirinlik iste’mol qilishni qumsab qoladi yoki mehmonlarni iloji boricha tezroq desert bilan ajablantirish istagi paydo bo‘ladi. Bunday holatlar uchun 7 daqiqa davomida tayyorlanadigan krujkada pishiriladigan shokoladli keks retsept mavjud.

Foto: Marie Claire

Britaniyaning BBC Good Food pazandachilik portali o‘quvchilar bilan mazali va tez taom tayyorlash retsepti bilan bo‘lishdi. Buning uchun bir nechta oddiy mahsulotlar, mikroto‘lqinli pech va ozgina bo‘sh vaqt kerak bo‘ladi.

Kerakli mahsulotlar:
  • un – 4 osh qoshiq;
  • shakar upasi – 4 osh qoshiq;
  • kakao – 2 osh qoshiq;
  • tuxum – 1 dona;
  • sut – 3 osh qoshiq;
  • o‘simlik yog‘i – 3 osh qoshiq;
  • bir chimdim vanilin, shokolad, yong‘oq yoki mayiz.
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Un, shakar upasi va kakao alohida idishga solib aralashtiriladi va aralashma krujkaga quyiladi.
  2. Tuxum qo‘shib, quruq massa yana yaxshilab aralashtiriladi.
  3. Keyin sut, o‘simlik yog‘i va vanil qo‘shiladi. Massa bir tekis bo‘lguncha arashtiriladi.
  4. Keyin qirg‘ichdan o‘tkazilgan shokolad, yong‘oq yoki mayiz qo‘shish mumkin.
  5. Krujka mikroto‘lqinli pechga qo‘ying va eng yuqori haroratda 1,5-2 daqiqa davomida pishiriladi. Keks ko‘tarilishdan to‘xtab, qattiq bo‘lganda tayyor bo‘ladi.
  6. Keksning issiq krujkasida ehtiyotkorlik bilan olinadi va dasturxonga tortiladi.
Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar