Daryo

Sevimli shirinlik — murabboli rogalik retsepti

Dasturxonga tortishdan avval shirinlik ustiga shakar upasi sepiladi

1 daqiqa o‘qish43 695 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

Ushbu retsept bo‘yicha tayyorlangan rogaliklar sotib olingandagiga qaraganda ancha mazali.

Foto: Lifehacker
Kerakli mahsulotlar:
  • un — 250 gramm;
  • shakar — 70 gramm;
  • qabartma — 1 choy qoshiq;
  • sariyog‘ — 100 gramm;
  • smetana — 100 gramm;
  • tuxum sarig‘i — 2 dona;
  • vanil — 1 choy qoshiq;
  • murabbo — 150 gramm;
  • shakar upasi, tuz.
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Un elakdan o‘tkaziladi, shakar, tuz va qabartma qo‘shiladi.
  2. Sariyog‘ qirg‘ichdan o‘tkazilib, unli aralashma bilan uvalanadi.
  3. Tuxum sarig‘i, vanil va smetana ko‘pirtiriladi.
  4. Ikki aralashma bir-biriga qo‘shilib, silliq xamir qoriladi.
  5. Tindirish uchun 30-40 daqiqaga qoldiriladi.
  6. Xamir 3-4 millimetr qalinlikda doira shaklida yoyiladi. Pichoq yordamida avval chorakka, keyin har bir bo‘lak 5-6 uchburchakka bo‘linadi.
  7. Uchburchak xamirning bir chetiga bir choy qoshiq murabbo solinadi va xamirning katta tomonidan uchiga qarab rulet shaklida aylantiriladi.
  8. Pech 180 darajada qizdiriladi.
  9. Rogaliklar pishiriq varag‘iga qo‘yiladi va 25-30 daqiqaga davomida pishiriladi.
  10. Dasturxonga tortishdan avval shirinlik ustiga shakar upasi sepiladi.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar