Daryo

Pechenye hamda manniy yormasidan tayyorlanadigan noodatiy tort retsepti

Shirinlikni banan yoki shokoladlar bilan bezatish mumkin

1 daqiqa o‘qish58 003 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

Ushbu tortni tayyorlash uchun bor-yo‘g‘i 4 ta mahsulot kerak bo‘ladi.

Foto: Lifehacker
Kerakli mahsulotlar:
  • meva sharbati – 1 litr;
  • shakar – 200 gramm;
  • manniy yormasi – 8 osh qoshiq;
  • pechenye – 700 gramm.
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Sharbat, shakar va manniy yormasi aralashtiriladi va quyuqlashguncha qaynatiladi.
  2. Aralashma 3-4 soatga muzlatkichga qo‘yiladi.
  3. Sovutilgan massa 2-3 daqiqa davomida silliq bo‘lguncha mikser qilinadi.
  4. To‘rtburchak qolipga plyonka solinadi. Maydalangan pechenye joylashtirilib, ustidan yormadan tayyorlangan krem surtiladi.
  5. Mahsulot tugagunga qadar jarayon davom ettiriladi.
  6. Tort banan yoki shokoladlar bilan ta’bga ko‘ra bezatiladi va 6-8 soat davomida muzlatkichda qoldiriladi.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar