Daryo

Toshkentda Latviya—O‘zbekiston qo‘shma korxonasidagi moy bochkalari yonib ketdi (video)

Hodisa joyiga 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji, 3 ta maxsus va 2 ta yordamchi texnika yuborilgan

1 daqiqa o‘qish60 442 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent shahari Yashnobod tumanida 18-mart kuni Latviya—O‘zbekiston qo‘shma korxonasida yong‘in yuzaga keldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, shu kuni soat 20:45 da Farg‘ona yo‘li ko‘chasida joylashgan qo‘shma korxonaning “Orial senter” hududida joylashgan mator moy mahsulotlari (bochkalar)da yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji, 3 ta maxsus va 2 ta yordamchi texnika zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, soat 21:49 da yong‘in qurshab olingan. Hozirda yong‘inni bartaraf etish ishlarini olib bormoqda.

Yong‘in oqibatida, taxminan, omborning 2000 metr/kvadrat maydoni zararlangan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar