Daryo

Farg‘onada uyda qulflanib qolgan ikki nafar bola qutqarildi

Voqea joyiga yetib borgan FVB qutqaruv otryadi xodimlari arqon yordamida uyning tom qismi orqali uyga kirib, maxsus moslamalar yordamida xonadonning temir eshigini ochgan va fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatgan

1 daqiqa o‘qish17 732 ko‘rishlar0 izoh0

Farg‘ona viloyatining Farg‘ona shahridagi ko‘p qavatli uylarning birida xonadon eshigi qulflanib qolishi oqibatida ichkarida yolg‘iz qolgan ikki nafar bola qutqarildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Farg‘ona viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi

Ma’lum bo‘lishicha, 2022-yilning 15-mart kuni soat 17:30 da Farg‘ona shahar Murabbiylar ko‘chasi 3-uydagi xonadonlarning birida yashovchi fuqaro N.A. yashash xonadonining kirish eshigi qulflanib qolib, bir va ikki yarim yoshli farzandlari ichkarida yolg‘iz qolgani haqida 1050 qisqa raqami orqali murojaat qilib, yordam so‘ragan.

Foto: Farg‘ona viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi
Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maxsus vazifalarni bajaruvchi mintaqaviy qutqaruv otryadi xodimlari aytilgan manzilga soat 17:41 da yetib borib, arqon yordamida uyning tom qismi orqali uyga kirgan. Maxsus moslamalar yordamida xonadonning temir eshigini ochib, fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatgan. Uy ichida qolgan ikki nafar bola sog‘-salomat yaqinlariga topshirilgan.

Mavzuga doir: Farg‘onada ko‘p qavatli uydagi xonadonda qulflanib qolgan ikki yoshli qizaloq qutqarildi

Qashqadaryodanman. 2012-yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yildan beri ishlayman. Yoqtirgan kino va filmlarim ko‘p, ammo ular orasida “Jigar” bo‘lakcha. Kitoblardan esa Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar