Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“PSJ” bosh murabbiyi Maurisio Pochettino mavsum yakunida parijliklar safini tark etishi mumkin.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Jurnalist Adriyen Grenyening xabar qilishicha, agar Pochettino shartnoma muddati tugamasidan iste’foga chiqariladigan bo‘lsa, u holda “PSJ” u va uning shtabiga 20 million yevro miqdorida kompensatsiya to‘laydi.

Avvalroq Pochettino Liga 1 da eng ko‘p maosh oladigan murabbiy ekani ma’lum bo‘lgandi. Parij klubi Maurisioga oyiga soliqlargacha 1,1 million yevro to‘laydi.

Pochettino “PSJ”ni 2021-yildan beri boshqarib keladi. Uning fransuz klubi bilan amaldagi shartnomasi 2023-yil yoziga qadar mo‘ljallangan.

Ayni vaqtda “PSJ” Liga 1 ning 29-turidan keyin 65 ochko jamg‘argan holda 1-o‘rinda bormoqda. Klub Fransiya Kubogi va Chempionlar Ligasini erta tark etdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Hududgazta’minot” aholini gazdan oqilona foydalanishga chaqirdi
Mahalliy
“Kimdir javob berishi, kimdir qusishi kerak” — faollar gaz va elektr muammosi sababchilariga jazo so‘ramoqda
Mahalliy
Toshkent viloyatida er-xotin va ularning uch oylik chaqalog‘i is gazidan vafot etdi