Fransiyaning L’Equipe nashri Angliya Premyer Ligasining eng ko‘p maosh oladigan futbolchilari ro‘yxatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu nafaqat APLning, balki top-4 ligalarning ham eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi hisoblanadi.
Portugaliyalik oyiga 2,63 million yevro maosh oladi. Bu borada APLda ikkinchi o‘rinda “Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne turibdi — oyiga 2,06 million yevro.
Top-5 likning qolgan futbolchilari ham “Manchester Yunayted” vakili hisoblanadi. Darvozabon David de Xea uchinchi o‘rinda (oyiga 1,93 mln yevro), to‘rtinchi — Jeydon Sancho (1,85 mln yevro), himoyachi Rafael Varan (1,62 mln yevro) esa beshinchi pog‘onada.
Ispaniya La Ligasida eng ko‘p maosh “Barselona” himoyachisi Xerard Pikega (2,33 mln) tegishli, Bundesligada “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski (2 mln) eng ko‘p maosh oladi. “Yuventus” forvardi Paulo Dibala (1,13 mln) esa bu borada Italiya A Seriyada yetakchi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)