Daryo

“Ushbu yig‘ilishdan keyin tibbiyot sohasida ‘qilsa bo‘lar ekan’ degan fikr uyg‘onsa, yaxshi bo‘lar edi” — Shavkat Mirziyoyev

Davlat rahbari tibbiyot sohasi xodimlari bilan muloqot uchun 85 foiz muammolarni yo‘llagan fuqarolar bilan gaplashilganini ta’kidladi

1 daqiqa o‘qish48 126 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Milliy mass-mediani qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi

Toshkentdagi “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida Shavkat Mirziyoyevning sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan “O‘zbekiston tibbiyoti — inson qadri uchun” mavzusidagi ochiq muloqoti bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Foto: Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi

“Nima uchun bu muloqot cho‘zildi? Bizga kelib tushgan murojaatlarning 60 foizi shaxsiy savollar. Nima uchun bu uchrashuv cho‘zildi? 85 foiz muammolarni yo‘llagan fuqarolar bilan biz gaplashdik, hal qildik. Albatta, hammaning ham savolini birdaniga hal qilolmaymiz. Bilim bilan, vaqt bilan yechiladi”, — deydi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident, bugun oylik maosh haqida gaplashilishini ham ma’lum qildi.

“Xususiy tibbiyotga, poliklinikalarga yengillik bergani uchun ham ularning soni, xizmat sifati oshdi. Bu yerda davlat shifoxonalari rahbarlari bilan xususiy tibbiyot vakillari ham o‘tiribdi. Ularning o‘rtasida farq bormi? Albatta, bor. Davlat shifoxonalarida ishlaydigan xodimlar ‘xususiy shifoxonada oylik kattada’ deyishadi”, — deya qo‘shimcha qildi prezident.

“Oddiy hamshira oyiga 1—1,5 million oylik olsa-yu, lekin yiliga ikki marta tibbiy ko‘rikka pul to‘lasa? Bu tizim bo‘lmaydi. Sizlar hozir bu yig‘ilishda nima bo‘larkan deb o‘tiribsizlar. Bir narsani tushunaylik, agar biz bir-birimizni to‘g‘ri tushunmasak hech narsa o‘zgarmaydi. Xalqimiz orasida ‘qilsa bo‘lar ekan-ku’, degan fikr uyg‘ondi. Ushbu yig‘ilishdan keyin tibbiyot sohasida ham shunday fikr uyg‘onsa yaxshi bo‘lar edi”, — deydi prezident.

Mavzuga doir: “Nima uchun men iqtisodchini vazir qilib qo‘ydim?” Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash sohasidagi hisob-kitobni joyiga qo‘yish kerakligi haqida gapirdi

“O‘zbekiston tibbiyoti — inson qadri uchun” mavzusidagi ochiq muloqotga tayyorgarlik doirasida tibbiyot xodimlari va aholidan 25 mingdan ortiq murojaat va takliflar kelib tushgan. Davlat rahbarining ma’ruzasi “O‘zbekiston” va “O‘zbekiston 24” (o‘zbek tilida, shuningdek, surdotarjimon bilan), “Toshkent” va “Yoshlar” (rus tilida), “Dunyo bo‘ylab” (ingliz tilida) telekanallarida jonli tarzda efirga uzatilmoqda.
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar