Daryo

Shavkat Mirziyoyev 3 mingdan ortiq mahallalar aholisi oilaviy shifokorlik punktiga borish uchun 75 kilometrgacha yo‘l bosishga majbur bo‘layotgani haqida gapirdi

Shuningdek, davlat rahbari ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati pastligicha qolayotganini tanqid qildi

2 daqiqa o‘qish20 098 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Prezident matbuot xizmati

Toshkentdagi “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida Shavkat Mirziyoyevning sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan “O‘zbekiston tibbiyoti — inson qadri uchun” mavzusidagi ochiq muloqoti bo‘lib o‘tayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. “Daryo” muxbirining ma’lum qilishicha, prezident ushbu ochiq muloqotga hududlardan kelib tushgan murojaatlar haqida gapirgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, murojaatlarning 8 400 tasi yoki 32 foizi shaxsiy masalalarga oid bo‘lib, bugungi “ochiq muloqot”ga qadar ularning 90 foizi hal qilingan.

“Qolganlari ham, qisqa muddatlarda o‘z yechimini topadi. Shu bilan birga, tibbiyot xodimlari va aholimiz tomonidan kelib tushgan murojaatlarning 68 foizi (17 mingta) tizimli masalalar hisoblanadi”, — deydi prezident.

Shavkat Mirziyoyev murojaatlarda qayd etilgan asosiy muammolarni sanab o‘tgan. Bular:
  • ayrim tibbiyot muassasalari aholi uchun uzoq va noqulay joylashgan. Uch mingdan ortiq mahalla aholisi oilaviy shifokorlik punktiga borish uchun, 10 kilometrdan 75 kilometrgacha yo‘l bosishga majbur bo‘lmoqda;
  • tibbiy xizmatlar aholi ehtiyojiga, hududlardagi odamlarning turmush tarziga, ma’lum bir kasalliklarning ko‘payishiga qarab, belgilanmagan. Masalan, Qashqadaryoda yurak-qon tomir kasalliklari birinchi o‘rinda bo‘lib (410 ming kishida kasalliklar aniqlangan), har yili kamida 10 foizga oshmoqda. Lekin kardiologlar shtati va shifoxona o‘rinlari soni so‘nggi 20 yilda o‘zgarmasdan kelmoqda;
  • birlamchi bo‘g‘inda 70 foiz tibbiy asbob-uskunalar eskirgani tufayli, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati pastligicha qolmoqda;
  • shifokorlarning oylik maoshi ish natijasiga qarab emas, lavozim tarif setkasiga ko‘ra belgilangan;
  • ta’lim va amaliyot bir-biridan uzilib qolgan, tibbiyot oliygohlarida bitiruvchilarning aksariyatida, ish faoliyati uchun zarur amaliy ko‘nikma yo‘q.
“Mana shunday kamchilik va nuqsonlar sababli, aholi tibbiyot tizimidan hali to‘liq rozi emas”, — deydi prezident. “O‘zbekiston tibbiyoti — inson qadri uchun” mavzusidagi ochiq muloqotga tayyorgarlik doirasida tibbiyot xodimlari va aholidan 25 mingdan ortiq murojaat va takliflar kelib tushgan. Davlat rahbarining ma’ruzasi “O‘zbekiston” va “O‘zbekiston 24” (o‘zbek tilida, shuningdek, surdotarjimon bilan), “Toshkent” va “Yoshlar” (rus tilida), “Dunyo bo‘ylab” (ingliz tilida) telekanallarida jonli tarzda efirga uzatilmoqda.

Mavzuga doir: “Nima uchun men iqtisodchini vazir qilib qo‘ydim?” Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash sohasidagi hisob-kitobni joyiga qo‘yish kerakligi haqida gapirdi

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar