Daryo

“Hozirda tug‘ma yurak nuqsoni bor bolaning operatsiyasi uchun mablag‘ davlat tomonidan to‘liq qoplanmoqda” — Shavkat Mirziyoyev

Ilgari bu kabi operatsiyasi uchun respublika markaziga 3 million so‘m ajratilgan, qolgan 20-30 million so‘mlik xarajatni esa ota-ona ko‘targan

1 daqiqa o‘qish40 190 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Milliy mass-mediani qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi

Toshkentdagi “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida Shavkat Mirziyoyevning sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan “O‘zbekiston tibbiyoti — inson qadri uchun” mavzusidagi ochiq muloqoti bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Foto: Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi

“Ilgari tug‘ma yurak nuqsoni bor bolaning operatsiyasi uchun respublika markaziga 3 million so‘m mablag‘ ajratilgan. Qolgan 20-30 million so‘mlik xarajatni esa ota-onasi ko‘tarishga majbur bo‘lgan. Endilikda, ushbu operatsiya uchun zarur mablag‘ davlat tomonidan to‘liq qoplanmoqda va har bir bemor uchun manzilli ajratilmoqda.

Tibbiyot tizimidagi eng katta o‘zgarishlardan yana biri – davlat shifoxonalari bilan birga xususiy meditsina ham rivojlanmoqda. Masalan, avval bunday xizmatlar faqat stomatologiya bo‘yicha ko‘rsatilgan bo‘lsa, hozir xususiy klinikalar deyarli barcha yo‘nalishlarda faoliyat yuritmoqda va ularning soni 8 mingtaga yetdi.

Xususiy tibbiyot uchun soliq va bojxona imtiyozlari, subsidiyalarni qamrab olgan qo‘llab-quvvatlash tizimi joriy etildi. Natijada birgina soliq imtiyozlari hisobidan, so‘nggi besh yilda xususiy sektor ixtiyorida 1,3 trillion so‘m mablag‘ qoldi”, — deydi Shavkat Mirziyoyev.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash sohasidagi hisob-kitobni joyiga qo‘yish kerakligi haqida gapirgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Davlat rahbarining ta’kidlashicha, sohada transformatsiya jarayoni ketmoqda.

Mavzuga doir: “Ushbu yig‘ilishdan keyin tibbiyot sohasida ‘qilsa bo‘lar ekan’ degan fikr uyg‘onsa, yaxshi bo‘lar edi” — Shavkat Mirziyoyev

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar