Daryo

Shavkat Mirziyoyev raisligida talabalarning ishlab, daromad topishi mavzusida videoselektor yig‘ilishi boshlandi

O‘tkazilgan so‘rovnomada talabalarning 100 ming nafarga yaqini ishlash niyati borligini bildirgan

1 daqiqa o‘qish17 640 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev raisligida 4-mart kuni videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda. Asosiy mavzu — OTMlardagi talabalarning ishlab, daromad topishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish, deb yozmoqda prezident matbuot kotibi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qayd etilishicha, hozirgi kunda oliygohlarda 510 ming nafar talaba kunduzgi shaklda o‘qimoqda — jami 820 ming nafar. Davlat rahbarining topshirig‘iga muvofiq, rektorlar, talabalar o‘rtasida suhbat va so‘rovnomalar o‘tkazilgan.

Talabalarning 100 ming nafarga yaqini ishlash va qo‘shimcha daromad topish niyati borligini bildirgan. Ular orasida 7,5 ming chin yetim yoki nogironligi bo‘lgan hamda 4,5 ming nafar “daftarlar”ga kiritilgan talabalar bor.

“Bu raqamlar haqiqatan ancha yuqori. Shuning uchun rektorlar har bir talaba bilan o‘zlari muloqot qilib, haqiqiy holatni bilish va ularni band qilishga shaxsan mas’ul”, — deydi davlat rahbari.

Ta’kidlanishicha, hozirgi kunda talabalar ishlashi mumkin bo‘lgan 105 mingta vakant ish o‘rinlari mavjud. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar